Britaniya Ozarbayjondagi saylovda jiddiy qonunbuzarlik sodir etilganini aytmoqda

Olam

image

Britaniya Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning 7 fevral kuni Ozarbayjondagi prezidentlik saylovlarida yo‘l qo‘yilgan jiddiy qonunbuzarliklar haqida ma’lum qildi. Qirollik TIV tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, bu xavotirli holat hisoblanadi. 

“Biz Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovlar bilan bog‘liq kelib tushgan shikoyatlar ko‘rib chiqilishi, saylovlar tinch o‘tgani va ichki ko‘chirilgan aholining tarixiy yashash joylarida ovoz berishiga imkon beruvchi ekspertlar guruhi tashkil etilishini olqishlaymiz. Shu bilan birga, biz Demokratik institutlar va YXHT Inson huquqlari bo‘yicha byurosining bir qancha masalalar, jumladan saylovlarning cheklovlar orqali o‘tkazilishi va real siyosiy muqobillarning yo‘qligi yuzasidan xavotirlariga qo‘shilamiz”, deyiladi hujjatda.

Bildirilishicha, saylovda jiddiy qonun buzilishlari kuzatilgan, ularning ba’zilari bir qator inson huquqlari va asosiy erkinliklarini tasdiqlovchi 1990 yildagi Kopengagen hujjati qoidalariga zid deb baholanmoqda. 

London, shuningdek, Ozarbayjon qirollik uchun muhim hamkor ekanini va Buyuk Britaniya mamlakatdagi saylov tizimi va demokratik jarayonlarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ham qo‘shimcha qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi start oldi, o‘sha kuni kechqurun MSK natijalarni e’lon qildi, unga ko‘ra, amaldagi rahbar Ilhom Aliyev 92,05 ovoz bilan mutlaq g‘alaba qozongan va bir necha soat o‘tib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hozirda mamlakatda bo‘lib turgan Belarus rasmiysi Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon saylov Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made