Ozarbayjonda prezident saylovi boshlandi (video) 

Olam

image

Bugun, 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi start oldi. Ozarbayjon Respublikasining amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyev, vitse-prezident Mehribon Aliyeva va ularning oila a’zolari Qorabog‘ning Xonkendi shahridagi 122-sonli saylov okrugining 14-saylov uchastkasida ovoz berdi. 

Qayd etilishicha, 7 nafar nomzod (Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘ruj) bellashayotgan hokimiyat uchun saylov javoblari ikki kundan so‘ng, 9 fevral kuni e’lon qilinadi.  

Shuningdek, o‘z saylov uchastkalariga Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Mudofaa vaziri Zokir Hasanov, Prezident yordamchisi Hikmat Hojiyev, Bosh prokuror Kamron Aliyev, Bosh vazir Ali Asadov, Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova, Prezident Administratsiyasi rahbari Samir Nuriyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Haydarovlar ham yetib borgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatida 6 million 478 ming 623 nafar saylovchining nomi bor. Ular mamlakat bo‘ylab 6537 ta saylov uchastkasida ovoz beradi.

Xorijdagi Ozarbayjon fuqarolari uchun 37 davlatdagi elchixonalar va konsulliklarda 49 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ushbu saylov uchastkalarida 23 mingdan ortiq saylovchi o‘z ovoz berish huquqidan foydalanadi.

Saylovda 190 ta xalqaro media tashkiloti qatnashmoqda. Ulardan 216 nafari xalqaro kuzatuvchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qorabog‘da ham saylov uchastkalari tashkil etilshi, tugatilgan Tog‘li Qorabog‘ning qamoqdagi rahbari Araik Arutyunyan Ozarbayjondagi saylovlarda ishtirok etmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev saylov Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing