Britaniya Mudofaa vaziri ishdan ketmoqchi

Olam

image

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles joriy yilning sentyabr oyida ishdan ketish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda “The Times” gazetasi xabar berdi.

Uolles ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida siyosatdan charchaganini va faoliyatini yakunlamoqchi ekanini aytgan. Shuningdek, u keyingi saylovlarda qatnashmasligini va ular o‘tkazilgunga qadar oddiy deputat bo‘lib qolishini bildirgan.

“Men 1999 yilda Shotlandiya parlamentiga saylanganimda siyosatga kirganman. Mana 24 yil bo‘ldi. Yetti yildan ko‘proq vaqt davomida to‘shagim yonida uchta telefon bilan yotib, uyg‘ondim”, degan vazir.

Uollesning so‘zlariga ko‘ra, u joriy yilning 16 iyun kuni Bosh vazir Rishi Sunakni qarori haqida xabardor qilgan. O‘shanda u o‘z rejalarini ommaga e’lon qilmoqchi bo‘lgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra bu fikrdan qaytgan.

Uolles ishini tugatib, normal hayotga qaytish, uch nafar farzandi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va umuman boshqa kasb yo‘lini tanlash istagidaligini aytgan.

“Hatto barda ishlasam ham juda xursand bo‘lardim. Men o‘z missiyamni to‘liq amalga oshirgandek his qilyapman va bu menga juda ko‘p imkoniyatlar berishiga ishonaman”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Vilnyusdagi sammit arafasida bo‘lib o‘tgan NATO jamoat forumida G‘arb davlatlari tezlashtirilgan tartib ostida mamlakatni NATOga qabul qilishdan bosh tortish qarorlarini tanqid qilish o‘rniga, Ukrainadan harbiy texnika yetkazib bergani uchun minnatdorlik so‘zlarini eshitishni xohlashini aytdi. Sammit yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida esa Zelenskiy G‘arbga yana qanday qilib minnatdorlik bildirishi mumkinligini tushunmasligini va har kuni ertalab uyg‘onib, Ben Uollesga qo‘ng‘iroq qilib, unga minnatdorlik bildirishga tayyorligini aytdi. Buning ortidan Ukrainaning Londondagi elchisi Vadim Pristayko Zelenskiyning Ben Uollesning so‘zlariga munosabatini “nosog‘lom kinoya” deb atadi. Shundan keyin Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Elina Valtoneni Britaniyaning “Finansial Times” gazetasiga bergan intervyusida G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xayriya emasligini tushunishi kerakligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Ben Uolles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing