Britaniya qoidabuzar fuqarolari uchun “Tolibon”dan uzr so‘radi 

Olam

image

Bugun, 10 oktyabr kuni “Tolibon” to‘rt nafar britaniyalikni ozod qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Biz mamlakat qonunlarini buzganlikda ayblanib hibsga olingan to‘rt nafar Britaniya fuqarosi Afg‘onistonning amaldagi ma’muriyati tomonidan ozod etilganini olqishlaymiz”, deyilgan bu haqdagi bayonotda.

KP nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya TIV ozod etilganlarning oilalari nomidan Afg‘onistonning amaldagi ma’muriyatidan ushbu shaxslarning ichki qonunlarni buzgani uchun uzr so‘ragan. Ayni paytda, ozod etilganlarning shaxsi oshkor qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” 200 ga yaqin folbinlarni hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing