Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Olam

image

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi.

“Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan.

2023 yilning 7 oktyabr kuni boshlangan urushda Isroilga hujum davomida ba’zi agentlik xodimlari ishtirok etganlikda ayblanishi ortidan, Britaniya BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha yordam va ishlar agentligini (UNRWA) moliyalashtirishni to‘xtatgan edi.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi parlamentda millionlab falastinliklarga ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa masalalarda yordam ko‘rsatuvchi agentlik eng yuqori standartlarga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rganiga ishonch bildirgan.

 

Lemmining so‘zlariga ko‘ra, UNRWA G‘azodagi yordam operatsiyalarining asosi bo‘lib, hudud aholisining qariyb yarmini oziqlantirishga yordam beradi va hukumat agentlikka 21 million funt sterling (27 million dollar) qayta mablag‘ ajratadi.

“G‘azodagi gumanitar vaziyat juda halokatli. Onalar o‘z bolalarini ovqatlantira olmayaptilar. Ko‘plab oilalar o‘z uylarini tark etmoqdalar. Bunday falokat sharoitida gumanitar yordam ma’naviy zaruratdir. Va ana shunday og‘ir damda UNRWA G‘azoga gumanitar yordam yetkazuvchi birdan-bir qudratli tashkilotdir”, degan Tashqi ishlar vaziri.

Ma’lumot uchun, boshqa davlatlar, jumladan Yaponiya, Germaniya, Italiya, Avstraliya va Kanada ham agentlikni moliyalashtirishni qayta tikladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil parlamenti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligini “terrorchi tashkilot” deb e’lon qilmoqchiligi xabar qilingandi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Falastin G'azo UNRWA Leyboristlar Devid Lemmi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made