Britaniya dunyodagi potensial terrorchilar haqida ma’lumot berdi
Olam
−
10 Sentabr 2021
8909Hozirda dunyoda potensial terrorchilar soni 2001 yil 11 sentyabrda AQSHda sodir bo‘lgan teraktlar davriga qaraganda ko‘proq. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida gapirgan.
U, shuningdek “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelgan Afg‘onistonda oxirgi bir oy ichida sodir bo‘lgan voqealar “global terrorchilik xavfining kuchayishiga” olib kelganini tan olgan.
“Tahdid so‘zsiz o‘sib bormoqda. Bu texnologiya va bilimlarning internet orqali tarqalishi oqibatlaridan biridir, bu nafaqat odamlarni dahshatli xatti-harakatlarga undash, balki ularga qanday qilish kerakligini tushuntirishga imkon beradi. Menimcha, tahdid aynan bir hududda o‘smagan, lekin, chegarani kesib o‘tib, zo‘ravonlik sari boradigan odamlar soni hozir oldingidan ko‘ra ko‘proqdir”, degan Uolles.
Uollesga ko‘ra, hozirda britaniyalik tahlilchilar yigirma yil oldingi fojiali voqealar bilan taqqoslanadigan yirik terrorchilik hujumlarini kutmaydi, lekin maxfiy xizmatlar “qanday qilib terakt sodir etish to‘g‘risida bilimga ega bo‘lgan butun odamlar guruhi borligini” ta’kidlaydi.
Vazirga ko‘ra, agar kelgusida Afg‘onistonda terrorchi guruhlar faol harakatlana boshlasa, London tahdidga qarshi kurashish uchun yangi uchuvchisiz samolyotlardan foydalanishi mumkin.
“Biz dunyoning istalgan burchagida Britaniya fuqarolari va bizning ittifoqchilarimizga qarshi tahdidga darhol javob bera olamiz”, degan Uolles.
LiveBarchasi