Britaniya Abramovichning mulkalarini “muzlatish”ga qaror qildi

Olam

image

Bugun, 10 mart kuni Buyuk Britaniya yetti nafar rossiyalik tadbirkorning aktivlarini muzlatishini e’lon qildi. Mulki band qilinayotganlar orasida Roman Abramovich, Igor Sechin, Oleg Deripaska va Dmitriy Lebedev ham bor. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

“Kimda kim Putinning Ukrainaga yovuz hujumini qo‘llagan bo‘lsa, hech qayerga yashirinolmaydi”, degan Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson.

Abramovich “Chelsi” klubining egasi hisoblanadi, Deripaska En+ Group aksiyalariga egalik qiladi, Sechin “Rosneft”ning ijrochi direktori hisoblanadi. Lebedev esa “Rossiya” banki direktorlar kengashi raisi.

Avvalroq Abramovich “Chelsi”ni sotishga qaror qilgani haqida xabar bergandik. U klubni 4 mlrd funtga sotmoqchi. Shu sababdan kelgan takliflarni hozircha rad etayotgan edi. Endilikda u klubni sota oladimi yoki yo‘q hozircha noma’lum.

Bundan oldin Britaniya Alisher Usmonovga sanksiya qo‘ygani haqida xabar bergan edik. London rus milliarderlarini "qora ro‘yxat"ga kiritishda ularning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarini inobatga olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Roman Abramovich

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing