Todd Bouli “Chelsi” prezidenti lavozimini tark etdi
Sport
−
10:40 466 1 daqiqa
Amerikalik biznesmen Todd Bouli “Chelsi” futbol klubi prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi. Shuningdek, u klubdagi o‘z ulushini sotadi. Bu haqda “Chelsi” matbuot xizmati xabar berdi.
Bouli va Mark Uolterning klubdagi ulushini Clearlake kompaniyasining shu’ba korxonasi sotib oladi. Shu tariqa, mazkur kompaniya “Chelsi” ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.
2022 yil 28 may kuni “Chelsi” Bouli tomonidan asos solingan BlueCo konsorsiumi tomonidan sotib olingan edi. Bunga qadar klub rossiyalik biznesmen Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan. U Rossiyaning Ukrainadagi urushi boshlanganidan keyin unga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar fonida klubni sotishga qaror qilgan.
Bouli rahbarligi davrida “Chelsi” ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Londonliklar 2025 yilda Konferensiyalar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.
Abramovich “Chelsi”ni 2003 yilda uning avvalgi egasi, angliyalik Ken Beytsdan taxminan 140 million funt sterlingga (o‘sha paytda qariyb 233 million dollar) sotib olgan. Rossiyalik biznesmen egaligi davrida “Chelsi” 5 marta Angliya chempionati, 5 marta Angliya Kubogi, 3 marta Angliya Liga kubogi, 2 marta Angliya Superkubogi, 2 marta Chempionlar ligasi va 2 marta Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.
Shuningdek, 2021 yilda “Chelsi” UEFA Superkubogi hamda FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr