“Chelsi” shartli transfer taqiqiga uchradi

Sport

image

Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) Londonning “Chelsi” klubiga nisbatan Roman Abramovich egalik qilgan davrda vositachilar faoliyati bilan bog‘liq qoidalar buzilgani yuzasidan ko‘rilgan ish bo‘yicha klubga ikki transfer oynasi davomida shartli transfer taqiqi qo‘yildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, London klubi 10 million funt sterling (11,7 million yevro) miqdorida jarima to‘laydi. Shuningdek, “ko‘klar”ga ikki transfer oynasi davomida shartli transfer taqiqi qo‘llanildi. Bu taqiq faqat kelgusida yana qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirdagina kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida “Chelsi” Eden Azar, N’Golo Kante, Villian va Samuel Eto’O agentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar sababli moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik klub sanksiyalardan qochish maqsadida Angliya Premer-ligasi bilan kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

2025 yilda Angliya Futbol assotsiatsiyasi “Chelsi”ni 2009-2022 yillar oralig‘ida sodir etilgan 74 ta qoidabuzarlikda aybladi.

Sud muhokamasidan avval “Chelsi” FA’ning Ye1.2 bandi 74 marta buzilganini tan oldi. Mustaqil tartibga solish komissiyasi dastlab klubga 10 million funt sterling jarima hamda 2027 yil 30 iyunga qadar shartli ravishda 6 ochko olib tashlash jazosini belgiladi. Biroq, klub ushbu qaror ustidan apellyatsiya kiritdi. Mustaqil Apellyatsiya kengashi shikoyatni qanoatlantirib, ochkolardan mahrum qilish jazosini bekor qildi. Uning o‘rniga “Chelsi”ga 2027 yil 30 iyunga qadar ketma-ket ikki to‘liq transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha shartli taqiq joriy etildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing