“Britancha” shtamm alomatsiz kechishi mumkinmi, uning asoratlari qanday?

Salomatlik

Koronavirusning “britancha” shtammi boshqa turlar singari, shu bilan birga, COVID-19 shtammi singari alomatlarsiz kechishi mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi. 

“Britancha” virus boshqa viruslar qatori, shu bilan birga, COVID-19 shtammi singari alomatlarsiz kechishi mumkin. O‘zbekisatonda qayd etilgan bemorda ham alomatlar sezilmagan va uning ahvoli hozir yaxshi. Unda jiddiy klinik belgilar kuzatilmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu kasallik ham yengil va simptomlarsiz o‘tadi. Organizmning immun tizimi bu kasallikka kurashishga qodir bo‘lmasa yoki organizm o‘zi nochorlashgan va quvvatsizlashgan bo‘lsa, “britancha” virus alomatlari bilinadi”, deya Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

Ta’kidlanishicha, virus yengil kechsa, asoratsiz bo‘ladi. Kasallik og‘ir shaklda bo‘lsa organizm to‘qimalkarini zararlaganidan kelib chiqib o‘ziga yarasha asoratlar qoldiradi.

Nurmat Otabekov qanday sharoitdi O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi haqida ham ma’lumot berdi va bu darajaga kelmaslik uchun nimalar qilish kerakligini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing