Braziliyada koronavirus vaksinasi sinovida qatnashayotgan ko‘ngilli vafot etdi

Olam

image

Braziliyada Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etdi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 28 yoshli volonteyor koronavirus asoratlari natijasida vafot etgan. U shifokor bo‘lgan. Kompaniya maxfiylik nuqtai nazaridan uning shaxsini ochiqlamagan. ma’lumot bo‘lishicha, ko‘ngilli bundan bir hafta oldin 15 oktyabrda vafot etgan.

Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda koronavirus vaksinasi sinovini o‘tkazayotgan “D'Or” xususiy universiteti ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda preparat tadqiqotida 8 ming kshi ishtirok etyapti. Ularning yarmi platsebo olgan. Vafot etgan ko‘ngilli preparatning o‘zini olgani hozircha noma’lum.

Avvalroq, AstraZeneca bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sababli koronavirusga qarshi vaksinaning AQSHda o‘tkazilayotgan uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ygandi. Keyinroq kompaniya Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash boshqarmasining sinovlarni davom ettirishning xavfsizligi to‘g‘risida tasdig‘ini oldi va sinovlarni qayta boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing