Braziliya terma jamoasiga jiddiy jarohat xavf solib turibdi
Sport
−
25 noyabr 2022
6151Braziliyalik hujumchi Neymar Serbiya bilan Jahon chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida to‘pig‘idan jarohat oldi. Bu haqda Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lesmar ma’lumotiga tayanib "Globo Esporte" nashri xabar berdi.
Uchrashuv braziliyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsning 79-daqiqasida Neymar zaxiraga olindi.
"Neymar o‘ng to‘pig‘idan jarohat oldi. Uning oyog‘ida shish paydo bo‘ldi. Futbolchining jarohati jiddiy yoki jiddiy emasligi 1-2 kunda ma’lum bo‘ladi", deydi Lesmar.
Ma’lumot uchun, Neymar hozirda 30 yoshda, u 2017 yilda Ispaniyaning "Barselona"sidan 222 million yevroga evaziga Fransiyaning "PSJ" klubiga o‘tgandi. Braziliya terma jamoasi tarkibida u 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogi va 2016 yilgi Olimpiadada chempion bo‘lgan. Hujumchi terma jamoa safida 121 ta o‘yin o‘tkazib, 75 ta gol urgan.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Braziliya terma jamoasi 28 noyabr kuni Shveysariya termasi bilan bahs olib boradi.