Braziliya Prezidenti koronavirus bilan jadal kurashayotgan sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi

Olam

image
Mafiya bilan karantin choralari haqida maslahatlashish kerak – Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri north_east

Mafiya bilan karantin choralari haqida maslahatlashish kerak – Braziliya sog‘liqni saqlash vaziri

Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaro mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Enrike Mandettani ishdan bo‘shatib yubordi. Bu haqda kecha, 16 aprel kuni Mandetta Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Men hozirgina Prezident Jair Bolsonaroning iste’foga chiqishim haqidagi xabarini eshitdim. Sog‘liqni saqlash vazirligidagi men bilan birga bo‘lgan barcha jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman va lavozimdagi vorisimga muvaffaqiyatlar tilayman", deydi Mandetta.

Ma’lumot uchun, Braziliya Sog‘liqni saqlash vaziri Mandetta va Prezident Jair Bolsonaro o‘rtasida koronavirus sabab kelishmovchilik chiqqan. Bunga Bolsonaro koronavirusni shunchaki tahdid deb bilayotgani va ushbu kasallikni jiddiy olmayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Ushbu mojaro sabab hozirda hukumatda bo‘linish yuz bergan.

Shunday bo‘lsa ham, Mandetta o‘z lavozimini tark etmasligini bildirgan. Joriy yilning 7 aprel kuni vazir o‘z lavozimida qolganligini va "shifokor o‘z bemorlarini tashlab ketmasligini" aytgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan bog‘liq 30 683 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 14 026 nafari sog‘aygan, 1 947 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 14 710 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Braziliyada

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing