Braziliya Isroildagi elchisini chaqirib oldi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari davom etayotgani sababli Braziliya Isroildagi elchisini chaqirib oldi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi.

Braziliya matbuoti xabarlariga ko‘ra, hukumat Tel-Avivdagi elchisi Frederiko Meyerni "maslahatlashuvlar" uchun chaqirib olgan.

Braziliyaning Isroildagi diplomatik vakolatxonasi vaqtincha ishlar vakili darajasida faoliyatini davom ettiradi. Braziliyaning yuqori martabali rasmiysi milliy matbuotga Isroilga yangi elchi yaqin orada tayinlanmasligini aytdi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats 19 fevral kuni Braziliya Prezidenti Lula da Silvaning G‘azoning Isroil tomonidan bosib olinishini natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerning harakatlariga qiyoslaganiga javoban elchi “persona non grata” deb e’lon qilinganini aytdi.

Lula da Silva Isroilning G‘azoni bosib olishini “genotsid” deb atadi va buni natsistlar yetakchisi Adolf Gitlerning harakatlariga qiyosladi va G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar “urush emas, genotsid” ekanini aytdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham Lula da Silvaning so‘zlariga javob qaytardi va u “qizil chiziqdan o‘tganini” aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing