Bred Pitt bolalariga vasiylikdan voz kechdi
Madaniyat-san’at
−
29 mart
13746Gollivudning mashhur sobiq juftligi Anjelina Joli va Bred Pitt o‘rtasidagi sakkiz yildan beri davom etayotgan ajralish jarayoni va nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida. Bu haqda “PeopleTalk” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularning rasman ajralishiga to‘sqinlik qilib turgan muammo – bu farzandlariga vasiylik masalasi edi. Dastlab, Bredda bolalarni 50/50 ota-ona qaramog‘iga olish g‘oyasi mavjud edi. Kelishuvga ko‘ra, aktyor uch katta farzand – Maddoks, Paks va Zaxarani o‘zi bilan olib qolishi kerak edi. Ammo yillar davomida bolalarning Bred bilan munosabati yomonlashgan.
Shu paytgacha OAVning nazarida Bred bolalari bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan. Ammo, otalar kunida aktyorning o‘g‘li Pax Bredning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagan va ostiga izoh qoldirgan.
"Siz o‘zingizni dahshatli va jirkanch odam ekanligingizni qayta-qayta isbotlaysiz. Sizning huzuringizda qo‘rquvdan titrayotgan to‘rtta kichik farzandingizga hech qanday e’tibor va hamdardlik bildirmaysiz. Siz oilamizga qilgan zulmlaringizni hech qachon tushunmaysiz, chunki bunga qodir emassiz”, deb yozgan uning o‘g‘li.
Sudning so‘nggi natijasiga ko‘ra, Pitt bolalarga vasiylik qilishdan voz kechgan. Bu degani, 48 yoshli Joli doimiy vasiylikka ega bo‘ladi, aktyor esa ulardan xabar olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Anjelina Joli va Bred Pitt “Janob Smit va Smit xonim” filmini suratga olish maydonchasida uchrashib, 2006 yilda o‘zlarining munosabatlari haqida e’lon qilgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib, 2014 yilda ular turmush qurgan. Biroq, Gollivud yulduzlarining baxti uzoqqa cho‘zilmadi – 2016 yilda ular ajralishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 60 yoshli Bred Pitt sobiq rafiqasi Anjelina Joli bilan Fransiyadagi vino zavodi taqdiri bo‘yicha sud kurashining so‘nggi bosqichida g‘alaba qozongandi.
Rayhona Ulkanbayeva