Bred Pitt sobiq xotini ustidan sudda g‘alaba qozondi
Madaniyat-san’at
−
14 mart
1805160 yoshli Bred Pitt sobiq rafiqasi Anjelina Joli bilan Fransiyadagi vino zavodi taqdiri bo‘yicha sud kurashining so‘nggi bosqichida g‘alaba qozondi. Bu haqda “The Standard” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, avvalroq Anjelina Joli Los-Anjeles Oliy sudining dastlabki qarorini bekor qilishga urinib, apellyatsiya shikoyati bergan. Bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud jarayonida Bred Pitt Provansdagi “Chateau Miraval” vino zavodi uchun huquqiy kurashda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Aktrisa Anjelina Joli 2021 yilda mazkur biznesdagi ulushini Pittning roziligisiz rossiyalik oligarx Yuriy Sheflerga sotgan. Aktyorning shu haqidagi da’vosi sudda qanoatlantirilgan. Shuningdek, sudya Jolining advokatlari tomonidan qo‘yilgan Pittning xatti-harakatlari bema’ni, yomon niyatli va bahsli sxemaning bir qismi ekani haqidagi ayblovlarni rad etdi.
Ma’lumot uchun, Gollivud kino yulduzlari 2008 yilda “Chateau Miraval”ni 25 million yevroga sotib olgan. 2022 yilda u yerda ishlab chiqilgan atirgul vinosi brendi 15 million yevrodan ortiq foyda keltirgan. Gap biznesda yetakchi rol o‘ynaydigan ko‘pikli atirgul sharobi haqida ketmoqda.
Ulkanbayeva Rayhona