Anjelina Joli Bred Pitt bilan sudlashish uchun bor-budini sotmoqda
Madaniyat-san’at
−
19 noyabr
1385849 yoshli Gollivud aktrisasi sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan sudlashuv jarayonini davom ettirish uchun bor-budini sotmoqda. Bu haqda “People talk” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Anjelina Joli bugungi kunda moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. 2016 yilda ajrashishga qaror qilgan Gollivud yulduzlarining Chateau Miraval vino zavodi bo‘yicha olib borayotgan sud jarayoni hali nihoyasiga yetmagan. Ayni paytda Jolining bank hisobidagi mablag‘lar esa tugab bormoqda.
Shu sababdan aktrisa uy javonidagi bor narsasi – qimmatbaho zargarlik buyumlari, dizaynerlik liboslari, poyabzal va aksessuarlarni sotuvga qo‘ygan. Endi Joli Bredga turmushga chiqqan paytda olgan sovg‘alari – noyob taqinchoqlarni ham sotmoqda.
Bunday hol davom etaversa, aktrisaning moliyaviy inqirozga yuz tutishidan xavotirda bo‘lgan yaqinlari uni oxiri yo‘q sud ishlaridan voz kechishga undamoqda. Ammo barcha qiyinchilik va yo‘qotishlarga qaramay, Anjelina sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kurashishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashgan edi. Sobiq juftlikning olti nafar farzandi bor. Ular farzandlari Maddoks, Paks Tenni asrab olgan. Shaylo, egizaklar Noks va Viven esa juftlikning biologik farzandi hisoblanadi.
“Men Bred Pitt bilan oilam farovonligi uchun ajrashdim. Bu to‘g‘ri qaror edi. Bugungi kungacha bolalarimning tinch hayot kechirishiga e’tibor qaratmoqdaman”, degan aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik aktrisa Anjelina Joli o‘zining 1958 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GT mashinasini noyabr oyida kimoshdi savdosiga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.