Anjelina Joli Bred Pittni jismoniy zo‘ravonlikda ayblamoqda

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik dunyoga mashhur aktrisa  Anjelina Joli sobiq eri Bred Pitt ustidan yangi da’vo bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib, “Bazaar” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jolining advokatlari Los-Anjeles Oliy sudiga taqdim etgan hujjatlarda Bred Pitt aktrisa va uning bolalariga jismoniy zo‘ravonlik qilgani haqidagi da’vo qayd etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilning sentyabr oyida Fransiyadan Los-Anjelesga qaytish paytida Bred Pitt sobiq xotini va bolalariga zo‘ravonlik qilgan. “The New York Times”ning yozishicha, Pitt bolalardan birini bo‘g‘ib, boshqasini urgan, Jolini esa boshidan ushlab, silkitgan. Ochiqlanishicha, bu voqeadan keyin Anjelina ajrashish uchun sudga ariza bergan.

Advokatlar Pittning Joliga nisbatan tajovuzlari bu voqeadan ancha oldin boshlangan, deb da’vo qilmoqda. 

“Bred qilgan ishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, lekin qilmagan ishlari uchun emas", deb munosabat bildirgan Pittning advokati mazkur arizaga nisbatan. 


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anjelina Joli va Bred Pitt o‘rtasidagi sakkiz yildan beri davom etayotgan ajralish jarayoni o‘z yakuniga yetish arafasida ekani va Bred Pitt bolalariga vasiylikdan voz kechgani haqida ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanabeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Anjelina Joli Bred Pitt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing