BP ishda vafot etgan xodimi uchun qariyb 1 mlrd nafaqa to‘lash qaroriga e’tirozli munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan marhum xodimi Samir Rahmonovning o‘limi uchun uning turmush o‘rtog‘i foydasiga 951 million 200 ming so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 million so‘m ma’naviy zararni to‘lab berishi haqida ma’lum qilgandi.

Mazkur xabar Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu qaror hali qonuniy jihatdan kuchga kirmagan.

Birinchidan, prokuratura organlari tizimidagi har bir xodim va uning oila a’zolarining munosib ijtimoiy himoya qilinishidan birinchi navbatda Bosh prokuraturaning o‘zi manfaatdordir;

ikkinchidan, har qanday ijtimoiy himoya, xususan nafaqa pullarining to‘lovi qonunga so‘zsiz rioya qilingan holda amalga oshirilishi shart. 

Ayniqsa, byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan, aynan byudjetdan moliyalashtiriladigan prokuratura organlarida bu tamoyil ustuvor ahamiyatga ega.

Binobarin, marhum xodim S.Rahmonovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga tegishli to‘lovlar qonunda belgilangan eng yuqori miqdorda to‘lab berilgan;

uchinchidan, hali qonuniy kuchga kirmagan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining N.Rahmonova da’volarini qisman qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining asosliligi Bosh prokuratura tomonidan atroflicha o‘rganiladi va tegishli munosabat bildiriladi.

Zotan, amaliyotda hatto qotillikda va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblangan fuqarolarning quyi instansiya sudlari tomonidan asossiz oqlangani yoki aksincha, aybsizlar aybdor deb topilgani,  prokuraturaning sa’y-harakatlari bilan esa, adolat qaror topganiga oid ko‘plab ma’lumotlar jamoatchilikka yaxshi ma’lum”, deyiladi BP bayonotida.

Shu bois, Bosh prokuratura sudlar tomonidan hali qonuniy kuchga kirmagan qarorlar yuzasidan shoshma-shosharlik bilan jamoatchilikka axborot berish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida Bosh prokuraturaning 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgandi. Shundan so‘ng, marhumning otasi deputat A. Rahmonov  marhum xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani sabab sudga murojaat qilgandi. Biroq, sud A.Rahmonovning da’vosini rad etgan. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh prokuratura xodimining vafotiga izoh bergandi. Izohda prokuratura Samir Rahmonovning vafoti haqida tegishli Nizom belgilangan tartibga binoan tegishli idoralarga ma’lum қилмагани aytilgan.

Shundan so‘ng apellyatsiya instansiyasi 2021 yil 6 dekabr kuni birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishi haqida qaror chiqargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

632

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing