Bozorda IIB xodimlari bilan janjallashgan sotuvchi ayol jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi dehqon bozorida sotuvchi ayol va IIO xodimlari o‘rtasida nizo kelib chiqqani va xodimlar ayolni olib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan holat 2023 yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan. 

“Sho‘rchi dehqon bozorining o‘rtasida, ya’ni yo‘llarga oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarib sotayotgan vaqtda, jamoat tartibini saqlash maqsadida tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan qarshilik ko‘rsatgan sotuvchi X.A. tuman IIB xodimlari va PPX xodimlari tomonidan dalolatnoma qilinayotgan vaqtda IIB xodimlarining qo‘lidagi dalolatnomani yirtib tashlab, ularni haqorat qilgan”, deyiladi hokimlik bayonotida. 

Tuman IIB binosiga olib kelingan sotuvchi ayolga nisbatan hujjatlar to‘planib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan ayolga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni uch million uch yuz ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Surxondaryoda soliqchiga tuzlama suvini sepgan sotuvchi ayollar jazolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Sho'rchi sotuvchi ayol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing