Bojxona institutida qabul shartlari o‘zgaradi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda soliqchilar tayyorlovchi alohida OTM ochiladi north_east

O‘zbekistonda soliqchilar tayyorlovchi alohida OTM ochiladi

Ayrim abituriyentlar istisno tariqasida OTMga  sirtqi shaklda grant asosida qabul qilinadi north_east

Ayrim abituriyentlar istisno tariqasida OTMga sirtqi shaklda grant asosida qabul qilinadi

O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi north_east

O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi

OTMga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanadi north_east

OTMga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish tartibi belgilanadi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagicha:

Institutga o‘qishga kiruvchi nomzodlar uchun тест sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.

Test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining ikkinchi bo‘limida:

•  “Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – matematika, chet tili;

•  “Yurisprudensiya” (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – tarix, chet tili fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

•  Nomzodlarga test sinovlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javobi uchun 2,1 ball, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball beriladi.

Institutga:

•  umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan;

•  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob beradigan;

•  harbiy xizmatni o‘tamagan o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar;

•  o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;

•  yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari bo‘lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.

Nomzodlarning bo‘yi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi lozim.

Shuningdek, qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning aslini qabul yilining 25 iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.

Davlat bojxona qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi harajatlar qoplanadi:

– test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq to‘lash hamda ularga tushlik tashkil etish;

– test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning ijara haqi;

– test sinovlarini o‘tkazish jarayonida nomzodlar, Davlat test markazi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan ta’minlash uchun mablag‘lar.

Milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalarining biriga ega bo‘lgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu fan bo‘yicha test sinovidan ozod etiladilar:

•  ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

•  yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

•  nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

•  fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

•  boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari V2 va undan yuqori.

Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlarining (ichki ishlar organlari bundan mustasno) farzandlari Institutga dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz belgilangan qabul kvotalari ichida Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.

Harbiy xizmatni o‘tashda xalok bo‘lgan, shuningdek harbiy xizmatni o‘tashda yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari vazirlik va idoralarning tavsiyanomalari hamda dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.

Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

Dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari teng bo‘lgan hamda ajratilgan besh foizli qabul kvotalari bo‘yicha oxirgi o‘rinni egallashga da’vogar bo‘lgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kiritiladi hamda ulardan eng yuqori ball to‘plagan bir nafar nomzod oxirgi imtiyozli o‘ringa o‘qishga qabul qilinadi.

Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy o‘rinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan o‘rinlar sonini belgilashda o‘rta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:

•  butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 – 0,99 oralig‘ini tashkil esa, yaxlitlangan holda 1 ta qo‘shimcha o‘rin ajratiladi;

•  butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 – 0,49 oralig‘ini tashkil esa, yaxlitlangan holda qo‘shimcha o‘rin ajratilmaydi.

•  Imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota bo‘yicha o‘rinlarga nomzodlar vazirlik va idoralar kesimida tanlovda ishtirok etadilar hamda Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballaridan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibiga muvofiq Institutga o‘qishga qabul qilinadilar.

Vazirlik va idoralar kesimida imtiyozga ega amaldagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga ajratilgan besh foizli kvota bo‘yicha oxirgi o‘rinda turuvchi nomzodning test sinovlarida to‘plagan jami bali bilan undan keyingi o‘rinlarda turuvchi nomzodning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa, ular orasidan ta’lim yo‘nalishi fanlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagani o‘qishga qabul qilinadi.

Kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va keyinchalik ularni o‘qishga tiklash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona qarori loyihasi

Baholaganlar

1686

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing