Ayrim abituriyentlar istisno tariqasida OTMga sirtqi shaklda grant asosida qabul qilinadi

Jamiyat

image
O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi north_east

O‘zbekiston OTMlarida yangi fakultet tashkil etiladi

O‘zbekistonla yosh fudbolchilarni tayyorlash maqsadida maxsus maktablar tashkil etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida qayd etildi.

Hujjatda belgilanishicha:

•  futbol mahorati maktablari O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

•  futbol mahorati maktablarida ta’lim jarayoni ikki bosqichda: (umumiy o‘rta ta’limning tayanch ta’limi V-IX sinflar hamda umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta’lim X-XI sinflar darajasida) amalga oshiriladi;

•  futbol mahorati maktablarining IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.

•  2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablarida o‘rnatilgan tartibda sportchi lavozimi joriy etiladi va mazkur lavozimda faoliyat yuritish istagini bildirgan maktabning XI sinf bitiruvchilariga ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng ikki yilgacha istisno tariqasida faoliyat yuritishlariga ruxsat beriladi;

•  2020/2021 o‘quv yilidan boshlab futbol mahorati maktablari qoshida futbol klublari tashkil qilinadi hamda mazkur klublarning o‘yinchilar tarkibi tegishli futbol mahorati maktablarida sportchi lavozimida faoliyat yuritayotganlar hamda ushbu maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilardan shakllantiriladi.

Shuningdek, loyihaga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga o‘quvchilarni qabul qilish hamda akademiyada o‘quv jarayonlarini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil qilish haqidagi taklifiga rozilik beriladi.

Ta’kidlanishicha, akademiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

•  akademiya davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlang‘ich professional davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati futbol bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga, shuningdek professional futbol jamoalariga professional futbolchi sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi;

•  akademiya o‘quvchilari akademiyada o‘qish davomida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining zaxira tarkibi hisoblanadi;

•  akademiyada o‘quvchilar soni 132 nafarni tashkil etib, ta’lim jarayoni ikki bosqichda (umumiy o‘rta ta’limning tayanch ta’limi (VI-IX sinflar) hamda umumiy o‘rta ta’lim bosqichlarida boshlang‘ich professional ta’lim (X-XI sinflar) darajasida futbol mahorati maktablari uchun belgilangan ta’lim dasturlari asosida) amalga oshiriladi;

•  akademiyaning IX sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma hamda XI sinf bitiruvchilariga futbol bo‘yicha trener mutaxassisligidan boshlang‘ich professional ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi;

•  akademiya bitiruvchilari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: futbol” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakliga istisno tariqasida qo‘shimcha davlat granti asosida test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadilar;

•  akademiya o‘quvchilariga bepul ta’lim olish, futbol mahorati maktabining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda akademiyaning o‘quvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi;

•  respublika akademiyasining xodimlariga ixtisoslashtirilgan futbol mahorati maktablari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab futbol

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing