Samarqandda “Jiguli”da geroin olib ketayotgan shaxslar ushlandi
Olam
−
22 iyun
5019Samarqandda “Jiguli” avtomashinasida geroin olib ketayotgan haydovchi va yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat DXX va IBB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, harakatlanib ketayotgan “Jiguli” rusumli mashinasi to‘xtatilgan.
Haydovchi va yo‘lovchi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘i ustida sellofan paket ichida skotch bilan o‘ralgan, vazni 358,84 gramm geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
“Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi