Boysundagi “zapravka”da mashina portlab ketdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
28 iyun 12907 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Nexia-2 rusumidagi yengil avtomashina metan yoqilg‘isi bilan to‘ldirilayotgan vaqtda portlab ketdi hamda ushbu portlash oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Boysun tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Boysun tumani hokimligi axborot xizmati xabar be
Qayd etilishicha, bugun, 28 iyun kuni soat taxminan 7:15 lar atrofida Nexia-2 rusumidagi yengil avtomashina metan yoqilg‘isi bilan to‘ldirilayotgan vaqtda to‘satdan portlab ketgan.
Gaz to‘ldirish jarayoni chog‘ida sodir bo‘lgan mazkur halokatli hodisa oqibatida bir nafar fuqaro og‘ir darajada tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgunga qadar hayotdan ko‘z yumgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rinishicha, portlash kuchli bo‘lgani sababli Nexia-2ʼning tom qismi va orqa qismi butunlay parchalangan, mashinaning o‘zi esa deyarli tanib bo‘lmas darajaga kelgan.
Bildirilishicha, ayni damda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida portlash sodir bo‘lmagan. Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.