Boysunda neft yana suvga oqib ketdi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi ariqda kuchli sel kelishi oqibatida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni damda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, bugun, 2 may tonggi 06:30 da kuchli sel kelishi oqibatida handaqni buzib ketgan va neft aralash suyuqlik oqib chiqqan.

Bildirilishicha, hozirda o‘rganish davom etmoqda va natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida neft aralash suyuqlik daryoga qo‘shilib ketgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq, mazkur holat bo‘yicha 8,5 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi hisoblandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo neft' Boysun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing