Boysunda 1 tonnadan ortiq neft daryoga oqib ketgani ma’lum bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida neft aralash suyuqlik daryoga qo‘shilib ketgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha 8,5 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida Boysun tumanida “Surxan Gas Chemical Operating Company” MCHJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqdan neft mahsulotlari bo‘lgan suyuqlik qaynab chiqish holati kuzatilganligi aniqlangan. Bu suyuqlik tabiiy suv havzasiga tushishining oldini olish maqsadida qo‘shma korxona tomonidan “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” korxonasining maxsus texnikalari yordamida 11 ta handaq qazilib, joylashtirilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida joriy yilning 23 aprel kuni Boysun tumanidagi kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida 1,2 tonna neft mahsuloti bo‘lgan suyuqlik Xongaronsoyga oqib ketganligi aniqlangan. Oqibatda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi 202-son qaroriga asosan kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitob qilinganda 8,5 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat bartaraf etilib, suv neft aralash suyuqlikdan tozalangan. Shuningdek, o‘rganish ishlari davom etmoqda va jarayon yakunlanganidan so‘ng to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo neft' Boysun daryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing