Boysun–Denov yo‘lining bir qismi foydalanishga topshirildi

Jamiyat

image

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Boysun–Denov yo‘lining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezidentning Surxondaryo viloyatiga 2023 yildagi tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga asosan, umumiy uzunligi 111 kilometr bo‘lgan "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobil yo‘lini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kecha, 30 avgust kuni xalqaro pudratchi “Lankaran Yol Tikinti” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning 1-loti doirasidagi 5–32,5 kilometrlik yo‘l qismi to‘liq qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.

Loyiha doirasida 7 ta ko‘prik, tungi yoritish tizimi bilan ta’minlangan 8 kilometr zamonaviy piyodalaryo‘lagi barpo etilgan.

Shu munosabat bilan loyihaning 7,1-kilometrida joylashgan, uzunligi 60 metr, eni 15,7 metr va yer sathidan balandligi 9 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichda tantanali tadbir o‘tkazilgan. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, faollar, mutasaddilar, loyiha pudratchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Mazkur yo‘lning birinchi bosqichi foydalanishga topshirilishi natijasida aholi va harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz transport qatnovi ta’minlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing