Toşkentdan vodiyga olib boruvçi yöl vaqtinça yopildi

Jamiyat

−

image

Toşkent şahridan vodiy yönalişiga harakatlanadigan haydovçilar bugun, 28 oktyabr soat 08:00 dan joriy yilning 30 oktyabr soat 08:00 gaça A373 “Toşkent–Öş” avtomobil yölining Çirçiq daryosi ustidagi köprigidan öta olmaydi. Bu haqda Avtomobil yöllari qömitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, yölning Bektemir tumani hududidan ötuvçi 1-kilometrida joylaşgan köprikda ta’mirlaş işlari olib borilmoqda. Şu sababli Toşkentdan vodiy tomon harakatlaniş vaqtinça çeklanadi.

Haydovçilar uçun muqobil yönalişlar ham belgilangan. Toşkent şahridan Ohangaron şossesiga çiqiş yöli D001 “Toşkent halqa avtomobil yöli”ning 47-kilometri – Rohat aylanma yölidan Qöyliq tomonga yönaltiriladi.

Yuqori Çirçiq tumanidan Toşkent şahriga kirayotgan transport vositalari esa D012 “Bektemir–Çirçiq–Ğazalkent–Çorboğ” avtomobil yölining 6-kilometridan Yik-ota va Farğona yöli yönalişlariga yönaltiriladi.

Haydovçilardan safar vaqtida uşbu çeklovlarni hisobga oliş va muqobil yönalişlardan foydalaniş söralgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi Komil Yaşin köçasida avtomobillarda harakatlaniş 10 kunga çeklanişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing