Boysundagi ekskavatorni bizga aloqasi yo‘q – AKT vazirligi hokimlikka raddiya bilan chiqdi
Jamiyat
−
13 may 2020
7668Avvalroq, Boysundagi bozorda tadbirkorlar va hokimlik vakillari o‘rtasida kelib chiqqan mojaro sabab Surxondaryo hokimligi bayonot bergan edi. Bayonotda bozor oldida turgan ekskavator optik tolali internet kabelini yotqizish maqsadida turgani ta’kidlangandi.
Biroq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hokimlik bayonotiga nisbatan raddiya berib chiqdi. Vazirlik ekskavator “O‘zbektelekom” AKning Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi faoliyatiga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
“2020 yilning 12 may kuni “Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi”,- degan mazmunda e’lon qilingan video materialdagi “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator “O‘zbektelekom” AKning Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi faoliyatiga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz“, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, hozirda vazirlik tomonidan “Magistral va multiservis mag‘lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish” (DWDM) loyihasini amalga oshirmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi tuman markazidagi A.Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalari kesishmasida 200 m kanalizatsiyasini qurish ishlarini olib borgan. Qurilish ishlari 2020 yil 6 may kuni tugatilgan.
LiveBarchasi