Boysunda ayol 30 metr pastlikka qulab tushdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida fuqaro 25-30 metr pastlikka qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 mart kuni soat 10:00 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumanida yashovchi fuqaro yashash uyidan 20 metr uzoqlikda joylashgan adirlikka tomosha qilish maqsadida chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida taxminan 25-30 metr pastlikka sirpanib tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni jarlikdan chiqarib olgan va uning hayotini saqlab qolishgan. Shundan so‘ng tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumanida bir fuqaro jarlikka tushib ketgndi.


Maqola muallifi

Teglar

Boysun pastlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing