“Boxing day” rekordlar bilan boshlandi
Sport
−
27 dekabr 2021 4301 1 daqiqa
Kecha, 26 dekabr kuni Angliya Premer ligasida an’anaviy “Boxing day” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va unda ikkita rekord o‘rnatildi.
“Tottenxem” o‘z maydonida “Kristal Pelas” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija evaziga “taqachilar” ketma-ket 15 mavsumdan buyon “Boxing day” o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmadi (12 g‘alaba va 3 durang). Bu APL uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yana bir uchrashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester”ni 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija APL tashkil etilganidan buyon “Boxing day”dagi eng sermahsul o‘yin sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, APL tashkil etilishidan avval, 1963 yil 26 dekabrda “Fulxem” “Ipsvich” ustidan 10:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Blekbern” “Vest Xem”ni 8:2 hisobida mag‘lub etgan.
Ma’lumot uchun, Angliya futbol ligasiga 1992 yilda Premer liga nomi berilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr