Botir Zaripov senator bo‘ldi
Jamiyat
−
04 fevral 2021
8603Bugun, 4 fevral kuni Buxoro shahrida Buxoro viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash bo‘yicha saylov o‘tkazildi.
Natijada Buxoro viloyati xokimi, 51-Xalkobod okrugidan Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Botir Komilovich Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, Botir Zaripov joriy yilning 22 yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi