Bosqinchilar harakatlarimiz natijasini jiddiy his qilishadi – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya poytaxtidagi “Moskva Siti” biznes markazi binolariga qilingan dron hujumlaridan so‘ng, Rossiya hududiga yangi zarbalar berilganini e’lon qildi. Bu haqda u kecha, 1 avgust kuni Ukraina fuqarolariga yo‘llagan videomurojaatida gapirdi

“Bugungi kun davlatimiz mudofaa va xavfsizlik kuchlari vakillarining juda mazmunli ma’ruzalari bilan boshlandi...Shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i [Kirill] Budanov ham alohida ma’ruza qildi. Bosqinchilar harakatlarimiz natijasini albatta his sezishadi. Jiddiy his qilishadi”, deydi Zelenskiy. 

Bir necha kun oldin Ukraina Prezidenti Moskvaning Kiyevga qarshi boshlagan urushi uning o‘z hududiga qaytayotgani, chunki, “rossiyalik harbiylar jang maydonida mag‘lub bo‘layotgani”ni aytgandi. 

“Asta-sekin urush Rossiya hududiga – uning ramziy markazlari va harbiy bazalariga qaytmoqda. Bu muqarrar, tabiiy va mutlaqo adolatli jarayon”, degan edi u. 

Ukraina Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak esa Kiyev Moskva va Rossiyaning boshqa hududlariga uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida qilinadigan hujumlarni ko‘paytirishni rejalashtirayotganini aytgandi. 

“Moskva to‘liq urush holatiga juda tezlik bilan ko‘nikmoqda...Rossiyada bundan keyin sodir bo‘ladigan hamma narsa ob’ektiv tarixiy jarayondir. Yanada ko‘proq noma’lum dronlar, ko‘proq vayronalar, ko‘proq fuqarolar to‘qnashuvlari va urushlar”, deb yozgan Podolyak. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina dronlari uch kun ichida “Moskva Siti” biznes markaziga ikki bor hujum uyushtirdi. Oqibatda Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi mansabdorlari masofaviy formatda ishlashga o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy dron hujumlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing