Moskvaga yana dronlar hujumi uyushtirildi (video)

Olam

image

Bugun, 30 iyul kuni Rossiya poytaxti Moskvaga dronlar hujumi uyushtirildi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar “Moskva Siti” minorasiga urilgan. Hujum oqibatida ofis minorasining fasadlari biroz shikastlangan. Dron hujumida bir kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

"Moskva Siti" majmuasidan odamlar evakuatsiya qilingan.

Favqulodda holat joriy etilishi munosabati bilan Vnukovo aeroporti yopilgan. Keyinroq aeroport qayta ochilgan. Shuningdek, Moskva shahri hududidagi Testovskaya ko‘chasi bo‘ylab harakat to‘sib qo‘yilgan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda uchta dron ishtirok etgan: ulardan biri Moskva viloyatining Odinsovskiy tumanida havoda yo‘q qilingan, qolgan ikkitasi elektron urush yordamida bostirilgan, ular Moskva shahri hududiga qulagan.

Moskvaga qilingan oldingi dron hujumlari

Joriy yilning 4 iyul kuni Yangi Moskvada to‘rtta dron urib tushirilgandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. 24 iyul kuni dronlar poytaxtdagi ikkita noturar binoga urilgan. Sobyanin xabar berganidek, qurbonlar va jiddiy vayronalar yo‘q.

28 iyul kuni Mudofaa vazirligi kuchlari tomonidan Moskva osmonida bitta dron urib tushirilgan. Bunda ham hech kim jabrlanmagan hamda vayronagarchilik bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva dronlar hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing