Moskvaga dron hujumidan so‘ng hukumat rasmiylari boshqa yerga ko‘chirildi

Olam

image

Avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahri markazida joylashgan “Moskva Siti” biznes markaziga dron hujumi  uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Hujumdan so‘ng mamlakat Raqamli rivojlanish vazirligi xodimlariga masofadan ishlash imkoniyati taklif qilindi. Bu haqda hukumat rasmiylarida tayanib, “Mash” Telegram-kanali xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 31 iyul kunidan boshlab mansabdor shaxslar, rahbarlar va boshqa xodimlarga ixtiyoriy ravishda masofadan ishlash taklif qilingan. Vazirlikda ish formati bir hafta ichida normal rejimga qaytishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari vazir Maqsut Shadayev mutasaddilarga murojaat qilib, ularni chidamlilik va qat’iyat namunasini ko‘rsatishga chaqirgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 iyul kuniga o‘tar kechasi “Moskva Siti”ning Raqamli rivojlanish vazirligi joylashgan “IQ-kvartal” minorasining 11 va 12-qavatlariga dron kelib urildi. Shuningdek, ushbu binoda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va boshqa vazirliklar joylashgan. 

Ta’kidlanishicha, binoning tayanch konstruksiyasiga jiddiy zarar yetmagan. Hozirda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. 

Ikkinchi dron “Oko-2” minorasining beshinchi va oltinchi qavatlari derazalarining sinishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing