Bosh vazirga qarshi jinoiy ish qayta ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Sadir Japarovga qarshi jinoiy ish qayta ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan Matbuot anjumanida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev aytib o‘tdi. 

“Japarovga qarshi jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi”, deydi u. 

Avvalroq, Japarov deputatlarning savollariga javob berar ekan, uning jinoiy ishi sudga qayta ko‘rib chiqish uchun yuborilganligini ta’kidlagan edi. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda Qorako‘l viloyat markazida bo‘lib o‘tgan mitingda u va uning tarafdorlari hukumatning Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakili Emilbek Kaptagayevni zo‘rlik bilan qo‘lga olgan. Unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng, Japarov Qirg‘izistonni tark etgan, u 2017 yil mart oyida respublikaga ixtiyoriy ravishda qaytib kelgan va darhol hibsga olingan. 2017 yil avgust oyida Japarov garovga olinganligi uchun 11,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Joriy yilning 4 oktyabr kuni o‘tgan parlament saylovlaridan keyin boshlangan namoyishlar fonida Sadir Japarov ham hisbdan ozod qilindi va Bosh vazirlikka nomzodi ilgari surildi. Uzoq tortishuvlardan keyin Japarov nomzodi qonunan Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. Japarov Prezident Jeenbekovdan iste’fosini talab qildi. Shu tariqa u keyingi saylovlarga qadar Prezident vakolatlariga ega chiqdi


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi vaziyat Sadir Japarov

Baholaganlar

529

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing