Bosh vazir: “So‘x bo‘yicha hech bir topshiriq ”qog‘oz“da qolmaydi”
Jamiyat
−
13 avgust 2020
5627Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga borgani va faollar bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Prezidentning joriy yil 8 avgustda qabul qilingan “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar muhokama etildi.
Qaror bilan tasdiqlangan 2020-2021 yillarda So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturiga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, 639 millirad so‘m mablag‘ sarf etiladi. Mazkur ishlar natijasida 11 mingdan ortiq aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Birgina sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha 95 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 5 000 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida 160 km shag‘al qoplamali yo‘llarni sementobeton qoplamaga o‘tkazish va asfalt qoplama yotqizish, 106 km tuproq yo‘llarni shag‘al qoplamaga o‘tkazish va 40 km sementobeton piyodalar yo‘laklarini qurish belgilangan. Tuman markazida Rovon shahar bosh rejasiga muvofiq har biri 30 xonadonli 7 ta 5 qavatli uy-joylar quriladi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida Dastur doirasida amalga oshirilayotgan har bir loyihanining o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash va bajarilgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish topshirildi.
LiveBarchasi