So‘xliklar “Humo AIR” samolyotlarida uchadi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
10161Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Farg‘ona viloyati So‘x tumanida tumaniga borgani vahudud faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.
Yig‘ilishda Bosh vazir Farg‘ona viloyati So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar o‘z muddatida sifatli amalga oshirilishini ta’kidladi.
Prezidentning qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlar boshlangan. Xususan, So‘x tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kichik aeroport tashkil etilmoqda. Mazkur maydon salkam 10 gektar maydonni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan. Shuningdek, “Farg‘ona” xalqaro aeroportida ham mazkur yo‘nalishda aniq tadbirlar ishlab chiqilgan.
Aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi “Humo AIR” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O‘zbekiston havo yo‘llarining “Uzbekistan Helicopters” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
An-2 samolyoti 12 ta yo‘lovchi sig‘imiga, MI-8 vertolyoti esa 16 nafardan 20 nafargacha odam olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Yo‘lovchilar 35-40 daqiqada Farg‘onadan So‘xga yoki So‘xdan Farg‘onaga yetib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Parvozlarni hozircha kuniga 2 tadan amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Kelgusida talabga qarab aviqatnovlar ko‘payishi mumkin.
Transport vazirligi aviaqatnovlarning chipta narxlari yo‘lovchilar uchun maqbul narxlarda bo‘lishi bo‘yicha tegishli tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Qarorda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlash belgilangan.
LiveBarchasi