Farhod Mannopov o‘limi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
06 mart 2023
32971Bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Unga ko‘ra, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan.
“Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 mart kuni “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etgan edi. Bloger va vayner Farhod Mannopov bir necha kun avval do‘stlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boshi va burnidan jarohat olgan. Shu sabab u burnini operatsiya qildirish maqsadida Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan xususiy klinikalardan biriga murojaat qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning vafotiga operatsiya oldidan ko‘p miqdorda narkoz berilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda bloger Otabek Jo‘rayev ham gapirib o‘tgan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, uning burnini doktor Alijon Xisamov operatsiya qilgan. Mannopov 36 soat davomida biologik o‘lim holatidan chiqmagan.
LiveBarchasi