Bloger Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoiy ish ochiladimi?
3-sahifa
−
05 mart 2023
35930Avvalroq “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan bloger Farhod Mannopov vafot etgani haqida xabar berilgandi. Uning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochilishi mumkinmi? QALAMPIR.UZ ushbu savol bilan Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan gaplashdi.
Bosh prokuratura voizining hozirda holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan aniqlashtirilayotgani, keyinroq ma’lumot berishini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa allaqachon Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorlar jamoasi qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, bloger va vayner Farhod Mannopov bir necha kun avval do‘stlari bilan basseynda suzayotgan vaqtida boshi va burnidan jarohat olgan. Shu sabab u burnini operatsiya qildirish maqsadida Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan xususiy klinikalardan biriga murojaat qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning vafotiga operatsiya oldidan ko‘p miqdorda narkoz berilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda bloger Otabek Jo‘rayev ham gapirib o‘tgan. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, uning burnini doktor Alijon Xisamov operatsiya qilgan.
Mannopov 36 soat davomida biologik o‘lim holatidan chiqmagan.
LiveBarchasi