Borrel Norovga qo‘ng‘iroq qilib, Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni so‘radi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qilib, Qoraqalpog‘istondagi vaziyat haqida axborot berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Telefon suhbati kecha, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan. 

Unda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 

Norov Borrelga Qoraqalpog‘istondagi mavjud holat, vaziyatni beqarorlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu hududda tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot bergan.

Shuningdek, joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasi hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. 

Yevropa tomonining 2022 yil 25-26 iyul Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e’tibor qaratilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jozep Borrel'

Baholaganlar

476

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing