G‘azoda portlayotgan bombalarning yarmi Yevropada ishlab chiqarilgan – Jozep Borrel
Olam
−
22 may 3278 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq komissari Jozep Borrel G‘azoda portlayotgan bombalarning yarmi Yevropada ishlab chiqarilganini aytdi. Bu haqda u “Cadena SER” radiosiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Borrel Isroil hukumati a’zolariga nisbatan sanksiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, ammo uning fikricha, YeI bunday qila olmaydi.
“Agar Yevropa xohlaganida, Isroilga ta’sir ko‘rsatish uchun juda ko‘p imkoniyatlarga ega, lekin Yevropa bunday qilmaydi”, deya keskin fikr bildirgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Isroil bilan savdoni cheklashi mumkin va bu Isroilga ta’sir ko‘rsatadi. Borrelning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi va Falastindagi voqealarga nisbatan asossiz yondashuvlari sababli butun dunyo orasida ishonchni yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilning G‘azo sektoriga harbiy hujumi va insonparvarlik yordamini yetkazishdagi cheklovlari sabab keskin choralar ko‘rish bilan tahdid qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr