Borrel Kiyevga bordi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri beshinchi tashrifi bilan Kiyevga bordi. Bu haqda diplomat o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Borrel Ukraina poytaxtiga poyezdda borgan va u yerda uni Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi elchisi Katarina Maternova kutib olgan. U Kiyev markaziy temiryo‘l vokzalidan suratni joylashtirgan. Bu tashrif uning Yevropa Ittifoqi bosh diplomati sifatidagi oxirgi tashrifi bo‘ladi. Negaki u kelasi oy Yevropa komissiyasi tuzilganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etadi.

Bu lavozimni Estoniyaning “temir xonimi” va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan Estoniya sobiq bosh vaziri Kaya Kallas egallaydi. U Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan “tarixiy xotirani tahqirlash va Rossiyaga dushmanlik qilgani” uchun Rossiyada eng ko‘p qidiruvga berilganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Kallas Ukrainaning, xususan, Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish harakatlarida kuchli tarafdor hisoblanadi.

“Rossiya keng miqyosli bosqinidan buyon Kiyevga beshinchi tashrifim va bu mening Yevropa Ittifoqi oliy vakili sifatidagi oxirgi tashrifim. YeIning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi mening mandatim davomida shaxsiy ustuvor vazifam bo‘lib kelgan va Yevropa Ittifoqi kun tartibida qoladi”, degan Borrel.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga borgandi. U Kiyevga erta tongda maxsus poyezdda borgan. Bu Berbokning Ukrainaga Rossiya tomonidan ushbu mamlakatga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri sakkizinchi tashrifi. Germaniya Tashqi ishlar vaziri oxirgi marta Ukrainaga 2024 yilning may oyida tashrif buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev Jozep Borrel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing