“Boraman, boraman, boraman”. Lukashenko yana saylovda qatnashmoqchiligini aytdi (video)
Olam
−
28 fevral
5627Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko 2025 yilgi saylovlarda ishtirok etish niyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda "Pul Pervogo" xabar berdi.
Lukashenkoga ko‘ra, hozir shunday bir paytki, uning lavozimidan ketishi davlatga xiyonat bilan barobar bo‘ladi.
“Aytib qo‘ying, men albatta qatnashaman. Vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lsa, ular (muxolifat) jamiyatimizni qanchalik bir-biriga "gij-gijlasa", o‘rtamizda nizo qo‘zg‘atmoqchi bo‘lishsa, mening saylovlarda ishtirokim shunchalik qat’iylashib boraveradi", degan u jurnalistlar bilan suhbatda.
U shuningdek, bu holat ko‘pchilikka yoqmasligini ham tan olgan.
"Men qabul qilingan kelishuv va qarorlarning bajarilishini qat’iy talab qilaman. Agar ular amalga oshirilmasa, hokimiyatning butun tuzilmasi buziladi va jamiyat inqirozga "g‘arq bo‘ladi". Men esa buni juda yaxshi tushunaman", degan Belarus fuqarosi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Lukashenko Belarus ehtimoliy urushga tayyor turishi kerakligini aytgandi.