Estoniyada ombudsman prezident etib saylandi
Olam
−
14:18 759 1 daqiqa
Estoniya parlamenti konstitutsiya huquqi bo‘yicha mutaxassis Yulle Madizeni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. U bu lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 51 yoshli Yulle Madize 2015 yildan buyon Estoniyaning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani lavozimida ishlab kelgan. Madize prezidentlik saylovida yagona nomzod bo‘lgan. Boshqa nomzod parlamentda ro‘yxatdan o‘tish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlov to‘play olmagan.
Yulle Madize prezidentlik lavozimida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymagan Alar Karisning o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Estoniya 1,4 million aholiga ega bo‘lgan va Rossiya bilan chegaradosh Boltiqbo‘yi davlati hisoblanadi. Mamlakat NATO va Yevropa Ittifoqida Ukrainaning eng faol tarafdorlaridan biri hamda Moskva siyosati tanqidchilaridan sanaladi.
Mamlakat bu yil mudofaa xarajatlari uchun yalpi ichki mahsulotining 5,4 foizini ajratishni rejalashtirgan. Estoniyada prezident mamlakat parlamenti – Riygikogu tomonidan saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniya hukumati Rossiya bilan chegaraning ayrim hududlarida dronlarni aniqlash va kuzatishga mo‘ljallangan qurilmalarni o‘rnatishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi