Bor e’tiborimiz Parij Olimpiadasiga qaratilgan – Farrux Qilichev
Sport
−
05 Aprel 2024 5141 1 daqiqa
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Farrux Qilichev Olimpiya va jahon chempioni Bahodir Jalolovning Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari qanday kechayotgani va sportchi formasini bosqichma-bosqich tiklab borayotganini aytdi.
“Bahodir hozir ringni yaxshilab his qilib olishi kerak, chunki u oxirgi marta o‘tgan yili sentyabr oyida havaskor boksda jang qilgandi. Hozir uning yaxshi formada emasligi ham Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning ma’lum bir bosqichi hisoblanadi. Rejaga ko‘ra, Bahodir yana 1-2 ta havaskor boks musobaqalarida ishtirok etishi kerak. Olimpiadagacha u jismoniy holatini to‘liq yaxshi ko‘rinishga keltirib oladi”, deydi Farrux Qilichev.
Ma’lumot uchun, katta tanaffusdan so‘ng Bahodir Jalolov birinchi marta mart oyida Ozarbayjonning Baku shahri mezbonlik qilgan “Great Silk Way-2024” turnirida 2 ta jang o‘tkazib, g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovning o‘zi ham nega yaxshi jismoniy holatda emasligiga izoh bergandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr