Boliviyaning sobiq prezidenti ochlik e’lon qildi
Olam
−
02 noyabr
3169Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales o‘z tarafdorlaridan yo‘llarni to‘sib qo‘yish to‘xtatishni so‘radi, biroq hukumat muzokaralar o‘tkazmaguncha ochlik e’lon qildi. Bu haqda u “Kawsachun Coca” radiostansiyasining Facebook’dagi sahifasida efirga uzatilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Men namoyishchilardan qon to‘kilishi va iqtisodiy muammolarni oldini olish uchun yo‘lni to‘sib qo‘yishda pauza qilishlarini so‘rashga qaror qildim”, dedi Morales.
Shuningdek, sobiq prezident “hukumat ikki mavzu – iqtisod va siyosat bo‘yicha muloqot boshlamaguncha” ochlik e’lon qilishga qaror qilganini aytdi.
Morales tarafdorlari 19 kundan beri Boliviyaning turli departamentlarini bog‘lovchi yo‘llarni to‘smoqda. 30 oktyabr kuni mamlakat Prezidenti Luis Arse ularning harakatlaridan ko‘rilgan zarar 1,7 milliard dollardan oshgani, to‘qnashuvlarda 60 dan ortiq politsiyachi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. 1 noyabr kuni politsiya harbiylar ko‘magida Kochabamba departamentida yo‘llarni tozalash operatsiyasini boshlaganidan so‘ng vaziyat keskinlashgan. To‘qnashuvlar chog‘ida Morales tarafdorlari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi dinamit tayoqlardan foydalangan, uchta harbiy qism qo‘lga olingan, harbiylar esa garovga olingan.
Ma’lumot uchun, 2020 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Arcye Morales tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq keyinchalik siyosatchilar o‘rtasida 2025 yilda hukmron “Sotsializm tomon harakat” partiyasidan kim prezidentlikka nomzod bo‘lishi kerakligi borasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida sobiq prezident Moralesni tanqid qilgani uchun armiya qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatilgan Xuan Xose Suniga davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringandi. U Bosh prokuratura talabi bilan hibsga olindi. Boliviya Adliya vaziri Ivan Lima Magne davlat to‘ntarishi tashkilotchisi 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytdi.
LiveBarchasi