Boliviyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan general 6 oyga hibsga olindi
Olam
−
29 iyun
2707Boliviyadagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga rahbarlik qilgan, quruqlikdagi kuchlarning sobiq qo‘mondoni, general Xuan Xose Suniga olti oyga hibsga olindi. Bu haqda Boliviya telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, Boliviya flotining sobiq qo‘mondoni Xuan Arnes va mexanizatsiyalashgan diviziyaning sobiq qo‘mondoni Vyacha Edisol Irahola ham hibsga olingan. Avvalroq isyonga aloqadorlikda ayblangan 20 dan ortiq odam qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Boliviya Adliya vaziri Ivan Lima Magne davlat to‘ntarishi tashkilotchisi 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish 26 iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. Suniga boshchiligidagi bir guruh harbiylar mamlakatning eng yirik shahri va de-fakto poytaxti La-Pasdagi markaziy maydonni egallab oldi va zirhli mashinada Prezident qarorgohi Kemado saroyiga bostirib kirdi.
LiveBarchasi