Boliviya hukumati sobiq prezidentni hibsga olishga order berdi

Olam

image

Boliviya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Evo Moralesni hibsga olish uchun yangi order chiqarilganini e’lon qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi

Xabarga ko‘ra, u odam savdosi va voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu jinoyatlar, huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Morales prezidentlik davrida sodir etilgan.

Prokurorlar ta’kidlashicha, Boliviyani 2006-2019 yillarda boshqargan Evo Morales 2015 yilda o‘z farzandini dunyoga keltirgan 15 yoshli qiz bilan yaqin munosabatlarda bo‘lgan. Boliviya qonunchiligiga ko‘ra, bu bolalarni tahqirlash bilan barobar. 2024 yil sentyabr oyida gumondorni hibsga olish uchun birinchi order chiqarilgan. Biroq uning advokatlari tergovni to‘xtatib, orderni bekor qilishga muvaffaq bo‘lgan. Keyin prokuratura ayblovlar ro‘yxatini kengaytirib, odam savdosini qo‘shgan. Da’vo o‘zgargandan so‘ng, hibsga olish uchun yangi order berilgan.

Ma’lum qilinishicha, sobiq prezident hozir uning tarafdorlari ko‘p bo‘lgan Chapare provinsiyasida boshpanada yashamoqda. U o‘zining aybsizligini qat’iyan ta’kidlab, bu ayblovlarning barchasi uning 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishga urinish ekanini da’vo qilmoqda. Agar Evo Morales aybdor deb topilsa, uni 15 yilgacha qamoq jazosi kutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales o‘z tarafdorlaridan yo‘llarni to‘sib qo‘yish to‘xtatishni so‘ragan, biroq hukumat muzokaralar o‘tkazmaguncha ochlik e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Boliviya order

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing