Bolgariyada jangovar-o‘quv samolyoti qulab tushdi. Uchuvchilar halok bo‘lgan
Olam
−
13 Sentabr
3152Bolgariyada o‘quv parvozi vaqtida L-39 ZA jangovar o‘quv samolyotining qulashi oqibatida ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Bolgariya milliy televideniyesi xabar berdi.
“Bugun soat 12:13 da (mahalliy vaqt bilan) o‘quv parvozi paytida, birinchi guruhlarning chiqishidan so‘ng, ikkinchi “Dolna metropoliya”aviabazasidan ekipaj navbati keldi. Ular soat 12:17 da uchib ketishdi, soat 12:30 da qulab tushishdi va halok bo‘ldi”, dedi mamlakat Mudofaa vaziri Atanas Zapryanov.
Telekanalning xabar berishicha, ikkinchi aviabaza komandiri rejalashtirilgan parvoz “graf-Ignatiyevo” bazasidagi aviashoularning repetitsiyasi doirasida amalga oshirilishi zarurligini ma’lum qilgan. Uchuvchilar bu parvozga bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan.
Ushbu hodisadan so‘ng Bolgariya Mudofaa vazirligi rahbari aviashouni bekor qilishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida An-2 yengil samolyoti halokatga uchrab, uning butun ekipaj a’zolari halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi